Rossiyadagi maktablarda qariyb 70 bola zaharlandi

Rossiyadagi maktablarda qariyb 70 bola zaharlandi

 

 

 

 

Krasnoyarsk viloyati Ropotrebnadzor ma’muriyati psevdotuberkulyozning dastlabki tashxisi bilan 70 dan ortiq iyersinioz infeksiyasini qayd etgan. Departament matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, zaharlanganlar Krasnoyarskning Sovetskiy va Oktyabrskiy tumanlaridagi maktablarda 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

«IYErsinioz infeksiyasini iste’molga yaroqsiz sabzavotlar keltirib chiqaradi», — deyiladi vazirlik bayonotida. Maktablarda dastlabki dezinfeksiya ishlari o‘tkazilgan.

Tekshiruvlar natijasida muassasada ovqat tayyorlash bilan bog‘liq muammolar borligi tasdiqlangan va oshxona ishlashiga vaqtinchalik taqiq qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!