Rossiyadagi maktabda noma’lum shaxslar o‘q uzdi: qurbonlar bor

Rossiyadagi maktabda noma’lum shaxslar o‘q uzdi: qurbonlar bor

Qozon shahrida noma’lum shaxslar maktabga o‘q uzishdi.

Fojia Qozon shahridagi 175-sonli maktabda sodir bo‘ldi. Bu haqda "Tatar-inform" xabar bermoqda.

Maktabga shoshilinch tarzda xavfsizlik idoralari xodimlari kelishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, OMON ta’lim muassasasining o‘zida ishlaydi.

"Mash" telegram kanaliga ko‘ra, qurollangan ikki kishi maktabga kirib, o‘t ochishgan.

RIA Novosti favqulodda xizmatlarga asoslanib yozishicha, maktabdagi otishmadan keyin portlash sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida 9 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohat oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!