Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma bekor qilinishi mumkin

Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma bekor qilinishi mumkin

Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020-2022 yillarda Rossiya Federasiyasining 2019-2025 yillarda davlat migrasiya siyosati Konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida ishlab chiqilgan qonun loyihasida chet el fuqarolariga mamlakatda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berishni bekor qilish ko‘zda tutilmoqda.

Vazirlik mehnat migrantlarini Rossiyaga chaqirish va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini buzgan jismoniy va yuridik shaxslar reestrini yaratishni ham taklif qilmoqda.

Vazirlikning izoh berishicha, chet el fuqarolariga mamlakatda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalarni berish samarasiz tizim hisoblanadi, shuning uchun bu tizimdan voz kechishga qaror qilinmoqda.

Chet el fuqarolarining birinchi toifasi bo‘lgan mehnat migrantlari ushbu hujjatdan aksariyat hollarda faqat mamlakatda mehnat faoliyatini qonuniylashtirish uchun foydalanishadi. Rossiya Federasiyasi fuqaroligini olishni rejalashtirgan chet el fuqarolarining ikkinchi toifasi uchun esa bu hujjat ortiqcha byurokratik jarayon hisoblanadi.

Shu bilan birga, qonun loyihasida chet elliklar uchun Rossiyada qonuniy bo‘lishning quyidagi uchta migrasion tartibini joriy etish ko‘zda tutilgan:

– birinchisi, chet el fuqarosi Rossiya Federasiyasi hududida bir kalendar yili davomida jami 90 kundan ortiq bo‘lmagan vaqt ichida bo‘lgan qisqa muddatli yashash tartibi;

– ikkinchisi, chet el fuqarosi Rossiya Federasiyasi hududida bir kalendar yil davomida doimiy yashash uchun ruxsat olmasdan jami 90 kundan ortiq uzoq muddatli yashash tartibi;

– uchinchisi, muddatsiz doimiy yashash tartibi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqqan qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya hududida bo‘lib turgan mehnat migrantlari elektron ma’lumotlarni o‘zida jamlagan yagona hujjatni olish shart va bu hujjat mamlakat ichida shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma sifatida qabul qilinadi.

Yagona hujjat qay tartibda rasmiylashtiriladi?

Ushbu hujjatni olish uchun chet el fuqarolari hududiy ichki ishlar organlariga ariza taqdim etadi hamda barmoq izlari va fotosurat topshirib, biometrik tekshiruvdan o‘tadi.

Shuningdek, boshqa shaxslarga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan giyohvandlik va yuqumli kasalliklar yo‘qligini tasdiqlovchi tibbiy ko‘rik talab etiladi.

Hujjat o‘n yil davomida haqiqiy hisoblanadi, amal qilish muddati tugagach yoki fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi kabi ma’lumotlari o‘zgarganda uni almashtirish zarur.

Ayrim sohalarga migrantlarni jalb qilish soddalashtirilmoqda

Rossiya Federasiyasi qonunchilik faoliyati bo‘yicha hukumat komissiyasi xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, xususan, stadionlarni qurish ishlari uchun migrantlarni mamlakatga olib kirishning soddalashtirilgan tartibini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.

(https://ria.ru/20210726/migranty-1742908800.html)Qonun loyihasida yirik xalqaro sport tadbirlari, turli xalqaro festivallar va ko‘rgazmalarga tayyorgarlik ko‘rish va ob’ektlarni qurish ishlariga mehnat migrantlarini jalb qilishda tashkilotchilarga alohida ustunlik berilmoqda, ya’ni chet ellik ishchilar uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish talab etilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!