Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi 14 yoshli qizga tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi 14 yoshli qizga tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida advokatning voyaga yetmagan qiziga nisbatan axloqsiz xatti-harakatlarni amalga oshirgan 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib, «78.ru» nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14 may kuni Ribaskiy ko‘chasi 37-uyda erkak 14 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan. Jabrlanuvchi uyi yonida ushbu erkakni bir necha bor ko‘rganini aytgan.

Holat yuzasidan Shlisselburg prospektida yashovchi o‘zbekistonlik erkak tegajog‘likda gumon qilinib qo‘lga olingan. Hozirda ushbu vaziyat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!