Rossiyada o‘tkazilgan «Evroosiyo mo‘’jizasi» tanlovida «Buxoro» qisqa metrajli filmi g‘olib bo‘ldi

Rossiyada o‘tkazilgan «Evroosiyo mo‘’jizasi» tanlovida «Buxoro» qisqa metrajli filmi g‘olib bo‘ldi

8 dekabr kuni «Orenburg — Yevroosiyoning yuragi» forumi doirasida o‘tkazilgan «Evroosiyo mo‘’jizasi» video, foto va animasiya tanlovida «Buxoro» qisqa metrajli filmi g‘olib deb topildi. Bu haqda «Turon 24» xabar bermoqda.

Tanlovga 10 ta davlatdan 4 ta nominasiya bo‘yicha 237 ta ijodiy ish qabul qilindi.

Tanlovda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkiyadan ishtirokchilar qatnashdi.

Rossiya va o‘zbekistonlik ijodkorlar tomonidan hamkorlikda ishlangan «Buxoro» filmi «Qisqa metrajli filmlar» yo‘nalishida g‘olib deb topildi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!