Rossiyada tunda turkmanistonlik talaba halok bo‘ldi, boshqa biri kasalxonada

Rossiyada tunda turkmanistonlik talaba halok bo‘ldi, boshqa biri kasalxonada

Rossiyada turkmanistonlik talaba savdo markazini ta’mirlash vaqtida halok bo‘ldi, hamyurti esa jarohat oldi. Bu haqda 15 yanvarb kuni Interfaks agentligi xabar berdi.

Hodisa 14 yanvar kuni soat taxminan 23:00 da sodir bo‘ldi. "Grand" savdo markazini ta’mirlayotgan Turkmanistonning uch fuqarosi ustiga devor qulab tushdi. Ishchilardan biri voqea joyida vafot etdi, ikkinchisi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.

Interfaks xabariga ko‘ra, Turkmanistonning ikkala fuqarosi ham universitetlardan birida tahsil olishgan. Hodisa yuzasidan prokuratura qonun hujjatlari, shu jumladan mehnat qonunchiligiga muvofiq tekshiruv olib bormoqda.

Turkmen.news xabariga ko‘ra, turkmanistonlik talabalar hozirda jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqdalar. Ularga ota-onalaridan pul jo‘natish Turkmaniston hukumati tomonidan har doim qat’iy cheklangan, ammo endi bu muammo yanada kuchaymoqda. 2020 yil dekabrida  Western Union orqali pul o‘tkazmalari vaqti-vaqti bilan amalga oshirildi va 2021 yil yanvarida ushbu tizim Turkmanistonda umuman ishlamay qoldi. Uning to‘liq yopilishi ehtimoli muhokama qilinmoqda.

Talabalar norasmiy ravishda boshqa mamlakatlarda qo‘shimcha pul ishlashga majbur bo‘lmoqdalar, chunki chet elliklar o‘qish vizalari bilan qonuniy ravishda ishlay olmaydi. Natijada, talabalar ko‘pincha xavfsizlik standartlariga rioya qilmasdan ishlashadi, ko‘pincha kechqurun va tunda mehnat qilishadi (ular kunduzi o‘qiydilar).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!