Rossiyada Saxarov fondi «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi

Rossiyada Saxarov fondi «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi

Rossiya hukumati Amerika nodavlat tashkiloti The Andrei Sakharov Foundation (Andrey Saxarov fondi)ni Rossiya Federasiyasi hududidagi «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qildi.

Fond faoliyati «Rossiya Federasiyasining konstitusiyaviy tuzumi asoslari va xavfsizligiga tahdid soladi», deyiladi Rossiya Bosh prokuraturasi tomonidan chop etilgan press-relizda. Mahkama xabarida ushbu tashkilot aynan nima bilan shug‘ullanayotgani haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

The Andrei Sakharov Foundation veb-saytida ta’kidlanganidek, fond 1989 yilda tashkil etilgan. U sovet fizigi, tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Andrey Saxarovning intellektual va ilmiy merosini saqlab qolishga intiladi.

Rossiyada «nomaqbul tashkilotlar» to‘g‘risidagi qonun 2015 yilda qabul qilingan. Rossiya Federasiyasi hududida faoliyati nomaqbul deb tan olingan tashkilotlarning ro‘yxati Rossiya Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi. Ayni paytda ro‘yxatga 70 dan ortiq tashkilot kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!