Rossiyada safarbarlik vaqtidagi jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi

Rossiyada safarbarlik vaqtidagi jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi

Federasiya kengashi safarbarlik vaqtida va urush sharoitida harbiy xizmatga qarshi jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish, shuningdek, ixtiyoriy asirga tushish va talonchilik uchun jinoiy jazo joriy etish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.

Bu qonun qabul qilinishiga faqat bir senator, Sankt-Peterburgning sobiq meri Anatoliy Sobchakning bevasi, jurnalist Kseniya Sobchakning onasi hisoblangan Lyudmila Narusova qarshi chiqqan.

Qonun, shu jumladan, o‘zi xizmat qilayotgan qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, buyruqqa rioya etmaslik va safarbarlik davridagi dezertirlik uchun ham jazoni qat’iylashtiradi.

Harbiy harakatlarda ishtirok etishdan bosh tortganlik uchun qonunga ko‘ra uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish nazarda tutilgan, agar bunday bosh tortish «og‘ir oqibatlar»ga olib keladigan bo‘lsa — muddat 10 yilgacha bo‘ladi. Buyruqni bajarmaganlik uchun ham shunday muddat nazarda tutiilgan.

Qonun 20 sentyabr kuni, Rossiyada safarbarlik e’lon qilinishi arafasida shoshilinch tarzda qabul qilindi. Federasiya kengashi ma’qullagach, u Vladimir Putinga imzolash uchun yuboriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!