Rossiyada qondagi qand miqdorini pasaytiradigan kolbasa ixtiro qilindi

Rossiyada qondagi qand miqdorini pasaytiradigan kolbasa ixtiro qilindi

Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Rossiya davlat agrar universiteti texnologik instituti chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi dosenti Andrey Gurinning so‘zlariga ko‘ra, sinov jarayonida qandli diabetni 2-turini davolash va profilaktikasi uchun gipoglikemik o‘simlik dori "Arfazetin" qo‘shilgan kolbasa o‘z samaradorligini isbotladi.

Kolbasa tayyorlash usuliga loviya barglarini qo‘shish ham qondagi glyukoza darajasining sezilarli darajada pasayishini ko‘rsatdi.

Ishlab chiqarish kuzning oxiriga qadar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan – boshida kichik partiyalarda kuniga 200 kg kolbasa ishlab chiqarilib, asta-sekin hajmlar oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!