Rossiyada pandemiya sababli har beshinchi xodim ishdan bo‘shatilgan

Rossiyada pandemiya sababli har beshinchi xodim ishdan bo‘shatilgan

Rossiya Mehnat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 1 apreldan 20 iyungacha mamlakatda 3,5 milliondan ortiq kishi ishdan bo‘shatilgan. Ularning ko‘pchiligi Moskva (585800) va Sankt-Peterburg (256300) shaharlari hamda Moskva viloyati (186400) hissasiga to‘g‘ri keladi. Kompaniyalarda o‘rtacha 20 foiz xodimlar qisqartirishga tushgan.

Oldingi iqtisodiy inqirozlardan farqli ravishda, aksariyat kompaniyalar xodimlarini saqlab qolishga harakat qilgan va ishdan bo‘shatish o‘rniga ish haqini kamaytirishni afzal ko‘rgan. Inqiroz boshlangandan buyon faoliyati o‘rganilgan kompaniyalar tomonidan ishchilarning ish haqi 56 foizga qisqartirilgan, ish haqi fondi esa o‘rtacha 28 foizga kamaygan.

Ekspertlarning fikricha, yaqin oylarda iqtisodiyotning ayrim sohalarida ishsizlik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi, xususan, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kichik korxonalar xodimlari ommaviy ishdan bo‘shatilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!