Rossiyada og‘ir tan jarohati olgan yurtdoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada og‘ir tan jarohati olgan yurtdoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Fuqaro D.A. Rossiya Federasiyasiga 2019 yilning noyabr oyida ishlash uchun borib, Kaliningrad shahrida qonuniy ravishda ishlagan. Ammo 2022 yil iyul oyida ish vaqtida ehtiyotsizligi sababli baxtsiz hodisaga uchrab, og‘ir tan jarohati olgan.

Natijada umurtqa suyagi singan. Orttirilgan jarohati tufayli fuqaro mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan. Kasallik sabab ishga layoqatisiz bo‘lib qoladi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligi hamda Bosh konsulxonaga Vatanga qaytishda yordam so‘rab murojaat qiladi.

Fuqaroning murojaati o‘rganildi va Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachipta olib berildi, “Uzbekistan airways” kompaniyasi hamkorligida Kaliningrad-Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!