Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Rossiya Federasiyasi Prezidentining 2020 yil 18 apreldagi “Yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan Rossiya Federasiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni (https://t.me/migratsiyaagentligi/215) doirasida Rossiya Federasiyasi IIV hamda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi diplomatik vakolatxonlari hamkorligida 2020 yilda Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 50 ming 700 nafar fuqarolarimizning maqomi qonuniylashtirildi.

Hozirgi kunda ushbu farmonga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga 2021 yil 30 iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berildi.

Shu fursatdan foydalanib, ushbu davlat hududida noqonuniy bo‘lib turgan vatandoshlarimizni 2021 yilning 30 iyuniga qadar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali o‘z holatini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishga chaqiramiz.

Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish, deportasiya qilish chorlari qo‘llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migrasiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.

Ushbu masalada yordam berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining qo‘yidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

T/r

Diplomatik vakolatxonalar

Telefon va Telegram raqamlari, elektron pochta manzili

Konsullik okruglari

1

O‘zbekiston Respublikasining

Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi

+7 499 230 00 76,

+7 499 238 36 20

uzkorus@mail.ru

www.uzembassy.ru

Rossiya (Markaziy Federal okrugi – Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimirsk viloyati, Voronej viloyati, Ivanovsk viloyati, Kaluysk viloyati, Kostroma viloyati, Kursk viloyati, Lipesk viloyati, Moskva viloyati, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Tulsk viloyati, Smolensk viloyati), Yaroslav viloyati , Moskva), Armeniya

2

O‘zbekiston Respublikasining

Sankt-Peterburg shahridagi

Bosh konsulxonasi

+7 812 601-06-28

savol2020@bk.ru

Sankt-Peterburg, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Arxangelsk viloyati, Vologodsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Nenes avtonom okrugi

3

O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi

Bosh konsulxonasi

+7 932 616 27 07,

+7 922 157 32 33,

+7 953 822 00 11

ektkonsulxona@yandex.ru

Ural federal okrugi (markaz – Yekaterinburg shahri), Kurgan viloyati, Sverdlov viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiy avtonom okrugi - Yugra, Yamalo-Nenes avtonom okrugi

4

O‘zbekiston Respublikasining

Qozon shahridagi

Bosh konsulxonasi

+7 (843) 526 55 63

+7 (967) 772 66 00

kaz.uzconsulate@mfa.uz

Privoljsk federal okrugi (markaz - Nijniy Novgorod shahri), Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Tatarston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Chuvash Respublikasi, Perm viloyati, Kirov viloyati, Nijegorodsk viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Samara viloyati, Ulyanov viloyati

5

O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi

Bosh konsulxonasi

+7 913 735 07 07,

+7 383 246-04-84,

sibir_uz_yordam@mail.ru

Sibir federal okrugi (markaz – Novosibirsk shahri), Altay Respublikasi, Buryatiya Respublikasi, Tiva Respublika, Xakas Respublikasi, Altay viloyati, Zabaykal viloyati, Krasnoyarsk viloyati, Irkutsk viloyati, Kemerovo viloyati, Novosibirsk viloyati, Omsk viloyati, Tomsk viloyati

6

O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi

Bosh konsulxonasi

+7966288 24 66,

+7 966 288 24 72

opershtab_gkuzvlv@mail.ru

Uzoq Sharq federal okrugi (markaz – Xabarovsk shahri), Saxa Respublikasi (Yakutiya), Kamchatka viloyati, Primorsk viloyati, Xabarovsk viloyati, Amur viloyati, Magadan viloyati, Saxalin viloyati, Yevrey avtonom okrugi, Chabarov tumani

7

O‘zbekiston Respublikasining

Rostov-Don shahridagi

Bosh konsulxonasi

+7 863 285-50-57

rostov_uz_yordam@mail.ru

Shimoliy-Kavkaz federal okrugi (markaz - Pyatigorsk shahri), Dog‘iston Respublikasi, Ingushetiya Respublikasi, Kabardino-Balkariya Respublikasi, Karachayevo-Cherkessk Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi, Chechen Respublikasi, Stavropolsk viloyati, Janubiy federal okruglar (markaziy - shahar Rostov): Adigeya Respublikasi, Kalmikiya Respublikasi, Krasnodarsk viloyati, Astraxan viloyati, Volgograd viloyati, Rostov viloyati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!