Rossiyada migrantlar tiriklay yonib ketdi (FOTO)

Rossiyada migrantlar tiriklay yonib ketdi (FOTO)

28 iyul kuni kechqurun Moskvaning Olma-Ota ko‘chasidagi yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.

Yong‘in haqidagi ma’lumot tergovchilarga Toshkent vaqti bilan 01:47 da kelib tushgan.

Favqulodda xizmatlardagi manbaning aytishicha, halok bo‘lganlarning barchasi muhojirlar, hozirda ularning fuqaroligi aniqlanmoqda. Bir kishi qutqarildi, 200 kishi evakuasiya qilindi.

Yong‘in soat 00:47 da o‘chirilgan. Favqulodda xizmatlardagi manba barcha jabrlanganlar bir xonada bo‘lgan va yonish mahsulotlaridan zaharlanib vafot etganini ma’lum qildi. Yong‘in boshlanganda ular uxlab yotgan bo‘lishlari mumkin.

Rossiyada migrantlar tiriklay yonib ketdi (FOTO)

Yong‘inga elektr tarmog‘ining avariya holatida ishlashi sabab bo‘lgan, derazalardagi panjaralar, yong‘in haqida kechikib kelgan xabar va uni o‘z-o‘zidan o‘chirishga urinishlar qurbonlar sonining ko‘p bo‘lishiga olib kelgan, dedi favqulodda xizmatlardagi manba.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yotoqxonadan evakuasiya chiqish yo‘li to‘sib qo‘yilgan.

Yong‘in natijasida jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!