Rossiyada majburan ishlatilgan o‘zbekistonlik erkak oyoqlaridan ayrildi

Rossiyada majburan ishlatilgan o‘zbekistonlik erkak oyoqlaridan ayrildi

Asli samarqandlik A.N oilaviy sharoiti og‘irligi sababli 2007 yilda Rossiyaga ishlagini boradi. 2020 yilga A.N qurilish ob’ektida majburlab ishlatiladi. Majburiy mehnatdan qochish maqsadida qurilish ob’ekti atrofidagi o‘rmonzorga yashirinishga majbur bo‘ladi. O‘rmonzorda adashib, bir necha kun sovuqda qolib ketishi natijasida ikki oyog‘idan ajraladi.

Agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi, mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida fuqaroga birlamchi tibbiy yordam olishi uchun ko‘maklashildi, "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirib berildi. Homiylarning moliyaviy ko‘magida 6 iyun kuni Sankt-Peterburg-Samarqand aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

Shuningdek, Samarqand viloyatidan SH.N va M.S lar pandemiya sharoitida ish topolmay, pulsiz qiyin ahvolda qolgan.

Ushbu fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Sankt-Peterburgdan Samarqandga olib kelindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!