Rossiyada ko‘p qavatli uy portladi

Rossiyada ko‘p qavatli uy portladi

Kecha Moskva yaqinidagi Orexovo-Zuyevo shahridagi besh qavatli turar joy binosida gaz portlashi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi RIA Novosti Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqaviy bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga.

Agentlik xabariga ko‘ra, uchinchi qavatdagi kvartirada gaz kolonkasi portlagan, shundan keyin uchinchi qavatdan beshinchi qavatgacha  uyning ikkinchi kirish joyi qulagan. Qo‘shni kirish joylarining aholisi evakuasiya qilindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lib va to‘rt kishi jarohat olgan. Jabrlanganlarning uch nafari reanimasiyada, bir kishi o‘rtacha og‘irlikda.

Hodisa voqea joyiga borgan Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov tomonidan nazoratga olingan. U qurbonlarini vaqtincha yashash joylariga joylashtirishni va ularni zarur narsalar bilan ta’minlashni buyurdi.

Tergov qo‘mitasi tekshirishni boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!