Rossiyada ishga tushirishga tayyor yadroviy kallaklar soni rekord darajaga yetdi - SIPRI

Rossiyada ishga tushirishga tayyor yadroviy kallaklar soni rekord darajaga yetdi - SIPRI



Rossiya yadroviy qurol tashuvchi vositalarga joylashtirilgan yadroviy kallaklar sonini to‘rtinchi yildirki oshirmoqda. Bu Stokgolm Tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) ma’lumotlarida keltirilgan.

SIPRI hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026 yilda Rossiya yadroviy arsenali 5420 ta kallakdan iborat bo‘lgan. Ularning 2604 tasi zaxirada, 1020 tasi «hisobdan chiqarilgan», 1796 tasi esa raketalar va bombardimonchi samolyotlarga joylashtirilgan.

Bir yilda joylashtirilgan kallaklar soni 78 taga oshgan. Rossiya bilan taqqoslanadigan yadroviy arsenalga ega AQShda esa bu ko‘rsatkich o‘zgarmagan — 1770 ta. Fransiya va Buyuk Britaniya ham qo‘shimcha kallaklarni tashuvchi vositalarga joylashtirmagan — mos ravishda 280 va 170 ta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!