Rossiyada Google jarimaga tortildi

Rossiyada Google jarimaga tortildi

Rossiyada Google taqiqlangan havolalarni bergani uchun bir yarim million rubl jarimaga tortildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, kompaniya takroran qoidabuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan. Sud ajrimi qonuniy kuchga kirgan, ammo javobgar jarimani hali to‘lamagan.

Rossiyada 2018 yil 1 oktyabrdan qidiruv tizimlari ma’lumotlar taqiqlangan yagona reestrga ulanishlari va undagi saytlarni qidiruv natijalaridan istisno qilishlari shart.

Reestrga ulanmagan Google avval ham bir necha marta Rossiyada taqiqlangan saytlarni qidiruv natijalaridan yetarlicha istisno qilmagani uchun jarimaga tortilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!