Rossiyada yevro kursi keskin ko‘tarildi

Rossiyada yevro kursi keskin ko‘tarildi

Moskva birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, rubl asosiy xorijiy valyutalarga nisbatan pasayishni tezlashtirdi.

Bu haqda "sputniknews-uz.com" xabar bermoqda.

Xususan, yevro kursi 2016 yil yanvaridan beri birinchi marta 92 rubldan oshdi. Moskva vaqti bilan soat 16:01dan boshlab "ertaga" hisob-kitobi bilan dollar kursi 53 kopeykaga oshib, 78,74 rublni tashkil qildi.

Shu o‘rinda, Brent markali neftning bir barreli 0,92 foizga o‘sib, 42,8 dollarni tashkil etdi.

Bundan avval ekspertlar tashqi siyosiy vaziyat, jumladan, yangi sanksiyalar tahdidi, Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, COVID-19 pandemiyasining ikkinchi to‘lqini rublga qo‘shimcha bosim o‘tkazayotgani haqida ogohlantirgan edi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu neft va gazga bo‘lgan talabga zarba berish xavfi mavjud va bu o‘z navbatida Rossiyada valyuta tushumini kamaytiradi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!