Rossiyada Yevro-2020dan keyin "g‘oyib bo‘lgan" chet ellik muxlislar qidirilmoqda

Rossiyada Yevro-2020dan keyin "g‘oyib bo‘lgan" chet ellik muxlislar qidirilmoqda

Sankt-Peterburgda migrantlarni qidirish bo‘yicha keng ko‘lamli operasiya bo‘lib o‘tadi, kelasi hafta polisiya xodimlari Rossiyaga Yevro-2020 uchun kelgan va o‘z vaqtida mamlakatni tark etmagan chet ellik muxlislarni qidirish uchun shaharga boradi.

FanID ruxsatnomasini 18 mingga yaqin chet elliklar qabul qilishdi. Rossiyani esa kamroq muxlislar tark etdi. Barcha chet ellik muxlislar 13 iyuldan kechikmasdan ketishlari kerak edi, deb xabar beradi "Fontanka".

Aniqlik kiritilishicha, hozirda muxlislarning pasporti asosida chet elliklarning qayerdaligini aniqlab bo‘lmaydi, shuning uchun dushanba kuni Shimoliy poytaxt diqqat bilan tekshiriladi. Polisiya yotoqxonalar, mehmonxonalar va jihozlangan xonalarga alohida e’tibor qaratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!