Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga: Rasman ruxsat berilmagan namoyishlarda qatnashmang!

Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga: Rasman ruxsat berilmagan namoyishlarda qatnashmang!

Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasi hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan bunday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya Federasiyasi qonunlariga rioya etishni va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikni so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federasiyasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!