Rossiyada avtobus halokati: 6 kishi halok bo‘ldi

Rossiyada avtobus halokati: 6 kishi halok bo‘ldi

Ryazan viloyatida Moskvadan Astraxanga ketayotgan oddiy avtobus bilan sodir bo‘lgan YTHda olti kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi. Bu haqda 2 yanvar, yakshanba kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligining Ryazan viloyati bo‘yicha departamentiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Hodisa ertalab soat 05:45 da Skopinskiy tumani Voslebovo qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan. Avtobusda jami 56 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

“Moskvadan Astraxan tomon harakatlanayotgan “Neoplan” oddiy avtobusi temir yo‘l ko‘prigi tayanchiga borib urilgan, natijada olti kishi halok bo‘lgan, 14 kishi jarohatlangan”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!