Rossiyada 30 oktyabr – 7 noyabr ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qilishini mumkin

Rossiyada 30 oktyabr – 7 noyabr ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qilishini mumkin

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli 30 oktyabrdan 7 noyabrgacha ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qilishni taklif qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim hududlarda ishlanmaydigan kunlarni 23 oktyabrdan boshlab e’lon qilish mumkin.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Tatyana Golikovaning taklifini qo‘llab-quvvatladi. U Golikovaga taklif qilinayotgan choralarni prezident Vladimir Putin ishtirokidagi yig‘ilishda bayon qilishni topshirdi.

Shuningdek, ish beruvchilarga xodimlariga emlanish uchun ikki kun ta’til berishni taklif qildi.

Bundan tashqari, Golikova ish beruvchilarga emlanganmagan fuqarolar va 60 yoshdan katta xodimlarni to‘rt hafta masofaviy ishlashga o‘tkazishni taklif qildi.

Qayd etish joizki, so‘nggi kunlarda Rossiyada koronavirus bilan vaziyat yomonlashgan. 14 oktyabrdan buyon kunlik aniqlanayotgan koronavirus holatlari 30 mingtadan oshmoqda. Rossiyaning ko‘plab hududlari qator ob’ektlarga borishda QR-kod tizimini joriy etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!