Rossiya yana O‘zbekistondan sabzavotlar importini chekladi. Bu birinchi marta emas

Rossiya yana O‘zbekistondan sabzavotlar importini chekladi. Bu birinchi marta emas

Rossiyaga O‘zbekistondan pomidor va qalampir kirishi cheklandi.
Bu haqda Rosselxoznadzor saytida ma’lum qilindi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra 15 iyuldan boshlab Buxoro viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampir Rossiyaga vaqtinchalik kiritilmaydi. Bunga sabab qilib pomidorlarda jigarrang bujmayish kasalligi ((Tomato brovn fruit virus) (ToBRFV)aniqlanganligi ko‘rsatilgan. Hozirda Rossiyaga jo‘natilgan mahsulotlar esa karantin fitosanitariya ekspertizasidan so‘ng olib kirilishiga ruxsat beriladi.
Ushbu virus hosilning 70-80 foizigacha, ba’zi xollarda to‘liq yo‘qotilishiga olib keladi. Kasallik urug‘, hosil va ko‘chatlar orqali tarqaladi.
Eslatib o‘tamiz 2020 kuzida Rossiya shu virus aniqlanganligi tufayli Farg‘onada yetishtirilgan pomidor importini cheklab qo‘ygan, keyinchalik bu tartib bekor qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!