Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Patrushev Xitoyga tashrif bilan keldi

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Patrushev Xitoyga tashrif bilan keldi

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Xitoyga keldi, tashrif chog‘ida Moskva va Pekin o‘rtasida xavfsizlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasidagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni ishlab chiqish masalalari, shuningdek, xavfsizlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan”, — deyiladi “Interfaks” xabarida.

Avvalroq Si Szinpin Xitoy va Rossiya SHHT, BRIKS va boshqa ko‘p tomonlama mexanizmlarda muvofiqlashtirishni kuchaytirishi kerak, degan fikrni bildirgan edi. Moskva va Pekin rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlarini birgalikda himoya qilishi kerak, dedi u Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida Samarqandda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!