Rossiya xavfi: AQSh Ukrainaga harbiy yordamni ko‘paytirdi

Rossiya xavfi: AQSh Ukrainaga harbiy yordamni ko‘paytirdi

AQSh Vakillar palatasining mablag‘ ajratish bo‘yicha qo‘mitasi qonun loyihasini ma’qulladi, unga ko‘ra 2022 moliya yilida Ukrainaga harbiy yordam 481,5 million dollarni tashkil etadi, bu joriy yilga nisbatan 28,5 millionga ko‘pdir, deb xabar berdi Amerika elchixonasi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, ushbu miqdordan 125 million dollar (2021 yildagiga nisbatan o‘n million ko‘p) Ukrainaga xalqaro yordamni moliyalashtirish moddasi bo‘yicha xavfsizlik yordami uchun ajratiladi.

Bundan tashqari, qabul qilingan hujjat Pentagonning Ukraina xavfsizligiga ko‘mak tashabbusi (USAI) dasturi doirasida 275 million dollar ajratishni nazarda tutadi.

Va nihoyat, elchixona Qo‘mita tomonidan qabul qilingan qonun loyihasida Rossiyaning "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri qurilishi tugash xavfi to‘g‘risida qoidalar mavjudligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik kongressmen-respublikachilar Ukrainaga o‘ldiruvchi qurol shaklida harbiy yordam yuborish talabi bilan Oq uyga murojaat qilishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!