Rossiya vaksinasi: SSVdan koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishni so‘raldi

Rossiya vaksinasi: SSVdan koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishni so‘raldi

Koronavirusning yangi turiga qarshi Rossiya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish Klinik tadqiqotlar tashkilotlari uyushmasining sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoga yozgan xatiga binoan, klinik sinovlarning uchinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanmaguncha qoldirilishi kerak.

Bu haqda murojaat matniga asoslanib, RBK xabar berdi.

N.F Gemaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazining vaksinasi yuz ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, murojaatga ko‘ra, uchinchi bosqich yana necha ming kishiga mo‘ljallangan tadqiqot jarayonlaridan iborat.

«Aynan uchinchi bosqichda yuqumli kasallikka chalingan va immuniteti zaif odamlarga vaksinaning xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘iladi», deb yozilgan murojaatda.

“Shu bilan birga, vaksinaning xavfsizligini tekshirish ayniqsa muhimdir, vaholanki, avvalo keksa odamlarni koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan”, deb ta’kidlanadi maktubda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!