Rossiya va Turkiya murosaga kelishni o‘rganib olishdi - Putin

Rossiya va Turkiya murosaga kelishni o‘rganib olishdi - Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Moskva va Anqara o‘zaro murosaga kelishni o‘rganib olishdi, dedi.
Putin aytishiga ko‘ra, ikki davlat orasidagi muzokaralar ba’zan oddiy kechmasa-da, lekin oxirida baribir ijobiy natija bilan tugaydi.
"Xalqaro maydonda biz Suriyada tinchlik o‘rnatish, Liviya bo‘yicha qarashlarimizni muvofiqlashtirish hamda Ozarbayjon va Armaniston mojarosini tugatish bo‘yicha muvafaqqiyatli hamkorlik qilib kelmoqdamiz", - dedi Rossiya rahbari.
Toyib Erdo‘g‘an o‘z navbatida Rossiya va Turkiyaning Suriyada tinchlik o‘rnatish birgalikda bo‘yicha amalga oshirayotgan qadamlarining o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Turkiya prezidenti shuningjek Rossiya bilan hamkorlikda Turkiya janubidagi Mersin viloyatida qurilayotgan "Akkuyu" atom elektr stansiyasiga tashrif buyurganini ma’lum qildi.
"Qurilish ishlari reja bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Menga AES qurilishi belgilangan vaqtda yakunlanishini xabar qilishdi. O‘ylaymanki kelgusi yilda biz stansiyaning birinchi blokini ishga tushirishimiz mumkin", - dedi Erdo‘g‘on.
Undan tashqari Turkiya prezidnti Rossiyaga o‘rmon yong‘inlari bilan kurashda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Dmitriy Peskov aytishiga ko‘ra, prezidentlar dastlab yuzma-yuz muloqot qilishadi, va undan so‘ng birgalikda ishchi nonushta qilishadi. Uchrashuv yakunida hech qanday hujjatlar imzolanisho‘i rejalashtirilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!