Rossiya va Eron avtomobillar eksporti bo‘yicha memorandum imzoladi

Rossiya va Eron avtomobillar eksporti bo‘yicha memorandum imzoladi

Eron Rossiya bilan 300 million dollarlik avtomobillarini eksport qilish bo‘yicha memorandum imzoladi. Bu haqda Eron avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi rahbari Muhammadrizo Najafi Manesh ma’lum qildi.

“Ushbu davlatga (Rossiya) 300 million dollarlik avtomobillar eksporti bo‘yicha memorandum imzolandi”, - deydi u.

Eronda yirik "Iran Khodro" (IKCO) kompaniyasi avtomobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ushbu brendning mashhur modellari qatorida "Peugeot 405" negizida yaratilgan Samand sedani ham bor.

Shuningdek, yangilangan "Peugeot" avtomobillari, Xitoyning "Haima" va "Dongfeng" brendlarining krossoverlari ham ishlab chiqariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!