Rossiya O‘zbekistondan besh ming quruvchini jalb qildi

Rossiya O‘zbekistondan besh ming quruvchini jalb qildi

Bu haqda Rossiya Qurilish va Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshlig‘i o‘rinbosari Nikita Stasishin gapirdi.

"Yaqin bir necha oy ichida o‘n mingta ishchi kelishi kerak, shulardan besh mingtasi allaqachon tanlangan. Ular "Sputnik Layt" vaksinalarini olishdi va antitela paydo bo‘lishi bilanoq, Rossiyaga kelishadi ", deydi vazir o‘rinbosari.

Bugungi kunda Moskvadagi qurilish ob’ektlari, Vostochniy kosmodromi, Tula, Kaluga va mamlakatning boshqa shaharlarida ishchilarga ehtiyoj bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistondan 10 ming mehnat muhojirini Rossiya qurilish obektlariga olib kelish bo‘yicha tajriba dasturini ishga tushirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.Ilk nomzodlar oktyabr oyida ketishi kutilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!