Rossiya Ukrainaning uchta samolyotini urib tushirdi

Rossiya Ukrainaning uchta samolyotini urib tushirdi

Rossiyaning tezkor-taktik va armiya aviasiyasi bir sutkada uchta qo‘mondonlik punktiga, Ukraina Qurolli kuchlarining 104 ta ishchi kuchi va harbiy texnikasi to‘plangan hududiga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.

Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Zmeyniy oroli yaqinida Ukrainaning Su-24 samolyotini urib tushirdi. Bundan tashqari, havo hujumidan mudofaa tizimlari Nikolayev viloyatida va Buyuk Kamishevaxi tumanida Ukrainaning ikkita Su-25 samolyotini urib tushirdi.

Konashenkovga ko‘ra, Rossiya quruqlikdagi qo‘shinlarining raketa qo‘shinlari va artilleriyasi bir kunda Ukraina Qurolli kuchlarining 350 dan ortiq nishonlariga zarba bergan.

Ukrainada “maxsus harbiy operasiya” boshlanganidan beri Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina Qurolli Kuchlarining 168 ta samolyoti, 889 ta uchuvchisiz uchish apparati, 3108 ta tank va zirhli texnikasini yo‘q qildi, degan Mudofaa vazirligi vakili.

Rossiya Mudofaa vazirligi “maxsus operasiya” davomida yo‘qotishlari miqdorini oxirgi marta 25 mart kuni e’lon qilgandi: 1351 nafar qurbon va 3825 nafar yarador.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!