Rossiya Ukrainaning Mustaqillik deklarasiyasida qayd etilgan barcha va’dalarini bajarishi sharti bilangina Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi ishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Albatta, 1991 yilda biz Ukrainaning Mustaqillik Deklarasiyasi asosida Ukraina suverenitetini tan olgan edik, Ukraina Sovet Ittifoqidan chiqish chog‘ida uni qabul qilgan edi. Deklarasiyada juda ko‘p yaxshi bandlar mavjud, jumladan, ular milliy ozchiliklarning huquqlarini hurmat qilishi, ular rus tili va boshqa tillarning huquqlarini hurmat qilishi, u yerda rus tili to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olingan. Keyinchalik esa bularning barchasi Ukraina Konstitusiyasiga kiritilgan", — dedi Lavrov.
"Ammo biz uchun Mustaqillik deklarasiyasidagi asosiy g‘oyalardan biri Ukrainaning bloklarga qo‘shilmagan davlat bo‘lishi va hech qanday harbiy ittifoqqa kirmasligi bo‘lgan. Biz shu holdagina Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz", — deya qo‘shimcha qildi Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vaziri.