"Rossiya Ukrainaga harbiy reparasiya to‘lashi kerak”

"Rossiya Ukrainaga harbiy reparasiya to‘lashi kerak”

Polsha prezidenti Anjey Duda BMT Bosh assambleyasining 77- sessiyasida so‘zga chiqib "Rossiya Ukrainaga harbiy reparasiya to‘lashi kerak”, dedi. Duda o‘zining 28 daqiqa cho‘zilgan ma’ruzasini to‘lig‘icha Ukrainaga bag‘ishlagani aytilmoqda.

"Rossiya Ukrainaga harbiy reparasiya to‘lashi kerak. Tavon to‘lamasdan adolat bo‘lmaydi", – dedi Duda. Ukraina haqida gapira turib, Duda Polshaning Germaniyadan talab qilayotgan reparasiyaga ham ishora qildi. "Bu nafaqat hozirgi kunimizga tegishli, balki o‘tmishning hal qilinmay qolgan masalalariga ham tegishlidir", – dedi u.

"Men buni Ikkinchi jahon urushining dahshatlarini boshdan o‘tkazgan Polsha prezidenti sifatida aytayapman. Ikkinchi jahon urushida Polshaning katta qismi vayron bo‘ldi, olti million fuqarosidan ajralgan, ularning uch millioni yahudiy millatiga mansub polsha fuqarolari edi", – dedi Duda.

Uning aytishicha, Polsha Rossiyani xalqaro huquqlarni buzgani uchun javobgarlikka tortish maqsadida sa’y-harakatlarni davom ettirishdan charchamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!