Rossiya–Ukraina munosabatlari yaxshilanadimi? Putin javob berdi

Rossiya–Ukraina munosabatlari yaxshilanadimi? Putin javob berdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ko‘plab kelishmovchiliklarga qaramay, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar ertami-kechmi yaxshilanishiga ishonch bildirdi.

"Bu mojaro, ertami-kechmi barham topadi", – dedi u "Rossiya 1"ga bergan intervyusida.

Rossiya rahbari, shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishini 2014 yilda Qrimning qo‘shilishi bilan bog‘lamadi, Ukraina uni "bosib olingan" deb hisoblaydi.

Putin Rossiyada Ukrainada "davlat to‘ntarishi va hokimiyatni egallab olish" kayfiyati bo‘lganiga oid rasmiy pozisiyasini alohida ta’kidladi. "Ukraina shunday o‘ylagani tufayli bizning munosabatlarimiz yomonlashdi, bu aslida Qrim bilan bog‘liq emas", – deya xulosa qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!