Rossiya — Ukraina mojarosi tufayli Afrikada yana 1,8 million kishi qashshoqlikka tushib qolishi mumkin

Rossiya — Ukraina mojarosi tufayli Afrikada yana 1,8 million kishi qashshoqlikka tushib qolishi mumkin

Afrika taraqqiyot bankining (ATB) “Afrikaning 2022 yildagi iqtisodiy istiqbollari” nomli hisobotida aytilishicha, Afrikada 1,8 millionga yaqin odam Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operasiyasi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar tufayli o‘ta qashshoqlikka tushib qolishi mumkin.

Hisobot ATBning yillik assambleyasi bo‘lib o‘tayotgan Gana poytaxti Akkra shahrida taqdim etildi, deb yozadi “TASS” Maghreb Arabe Presse agentligiga tayanib. Hujjatda ta’kidlanishicha, Afrikada 2021 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli 30 millionga yaqin odam o‘ta qashshoqlikka tushib qolgan. Bu tendensiya kelgusi yillarda ham davom etadi.

Bundan tashqari, “2022 yilda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar tufayli Afrika qit’asida yana 1,8 million kishi o‘ta qashshoqlikka tushib qolishi mumkin”, deyiladi hisobotda. 2023 yilda, hisobot mualliflarining fikricha, bu ko‘rsatkich yana 2,1 million kishiga oshishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Rossiya va Ukraina Afrika qit’asiga asosiy don yetkazib beruvchi davlatlar hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!