Rossiya Ukraina donini o‘g‘irlayaptimi?

Rossiya Ukraina donini o‘g‘irlayaptimi?

Urush boshlanganidan buyon Rossiya Ukrainaning 530 million dollarlik g‘allasini noqonuniy o‘zlashtirilgan. Bu haqda Associated Press o‘tkazgan surishtiruv natijasida so‘z boradi.

Jurnalistlar Ukrainaning bosib olingan hududlaridan 30 kema 50 reys davomida g‘allaning Turkiya, Suriya va Livanga olib chiqilganini aniqladi.

Bunga misol qilib “Laodikiya” kemasining marshruti keltirilgan. Iyul oxirida u Livanning Tripoli portiga borgan;o‘sha paytda bu davlat hukumati Ukrainaning “Laodikiya” o‘g‘irlangan g‘allani tashiyotgani haqidagi ayblovlarini rad etgandi. Rasmiy bayonotda don Rostov viloyatidagi Kavkaz portidan ortilgani aytilgandi. Ammo sun’iy yo‘ldosh tasvirlari aslida kema Qrimdagi Feodosiyadan yo‘lga chiqqanini aniqladi. G‘alla yarimorolga Melitopoldan olib kelingan, turli videolarda Melitopol va Tripolidagi g‘alla qoplari o‘xshashligi ko‘rinib qolgan.

AP ma’lumotlariga ko‘ra, kontrabandaga “Birlashgan kemasozlik kompaniyasi” ham aloqador. U o‘zining Crane Marine Contractor sho‘’ba korxonasi orqali urushga uch hafta qolganda uchta kema sotib olgan. Keyinchalik bu kemalar Qrimdan Suriya va Turkiya portlariga eng kamida 17 marta qatnov amalga oshirgan.

G‘allaning boshqa kemalarga o‘tkazilishi ba’zan ochiq dengizning o‘zida amalga oshiriladi. Masalan, Rossiya qirg‘oqlaridan chiqib ketgan yirik kemadalar dengizda boshqa kichik kemalar bilan uchrashadi va ularga ortilgan g‘alla ortiladi. Shundan keyin yirik kemalar donni Misr, Liviya, Iroq va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarga olib ketadi.

Surishtiruv mualliflari turk hukumati ham kontrabanda g‘allani olayotgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Ukraina dunyodagi eng yirik g‘alla eksportyorlardan biri hisoblanadi. 2021 yilda u 12.4 milliard dollarga teng don sotgan.

ULASHING:

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!