Rossiya Ugandaga Ebola vaksinasini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi

Rossiya Ugandaga Ebola vaksinasini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi

Rospotrebnadzor Ugandaga Ebola vaksinasini yetkazib berishga, shuningdek, virus tarqalishiga qarshi kurashda yordam berish uchun rossiyalik mutaxassislarni mamlakatga yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.

"Ugandada Ebola tarqalishi munosabati bilan Rospotrebnadzor Uganda tomoniga epidemiologik vaziyatni tezroq normallashtirishda yordam berishga tayyor", deyiladi xabarda.

Xususan, Rospotrebnadzor Rossiyaning Ebola virusiga qarshi vaksinasini yetkazib berish va ayniqsa xavfli infeksiyalarga qarshi kurash tajribasiga ega rossiyalik mutaxassislarni Ugandaga yuborish bo‘yicha takliflar kiritdi.

Agentlikning ta’kidlashicha, Uganda sog‘liqni saqlash idoralari Mubende tumanida 24 yoshli erkakning holatini tasdiqlaganidan keyin Ebola epidemiyasi boshlanganini e’lon qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!