Rossiya Turkiyaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun maxsus aviaguruh jo‘natadi

Rossiya Turkiyaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun maxsus aviaguruh jo‘natadi

"Turkiya hukumati turistik zonalarga va aholi turar joylariga yaqin joylarda avjiga chiqayotgan o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga yordam berish uchun Rossiya Federasiyasidan yordam so‘ragan. Shunga binoan, Rossiya 11 ta texnikadan iborat aviaguruh jo‘natishga qarar qildi.

Avvalroq Turkiya prezidenti ma’ruyati alanga o‘choqlarini o‘chirish uchun Rossiyadan Turkiyaga beshta Il-76 samolyoti va uchta Mi-8 vertolyoti jo‘natilgani haqda ma’lum qilgandi. Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi ham Rossiyaning yong‘inga qarshi uchta Be-200 samolyoti yong‘inga qarshi kurashda ishtirok etayotgani haqda xabar berdi.

Turkiya qishloq va o‘rmonchilik xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli shanba kuni jurnalistlarga intervyu berib, oxirgi to‘rt kunda Turkiyaning 30 ta viloyatida 88 ta o‘rmon yong‘inlari nazoratga olinganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ayni damda Adana, Antalya, Mugla, Mersin, Osmani viloyatlarida o‘rmon yong‘inlari bartaraf qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!