Rossiya Toshkentda "otopleniYE" tizimini yaxshilashga yordam beradi

Rossiya Toshkentda "otopleniYE" tizimini yaxshilashga yordam beradi

31 yanvar kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Rahmonov Rossiyaning «Dorogobujkotlomash» loyiha-muhandislik markazi mutasaddilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda poytaxtimiz Issiqlik markazlaridagi issiqlik ta’minotini yaxshilash masalasi atroflicha muhokama etildi. Xususan, gaz bosimi me’yorda uzatilmagan hollarda qozonlarni isitish uchun muqobil – energotejamkor va samaradorligi yuqori bo‘lgan yoqilg‘ilardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, Issiqlik markazlarini bosqichma-bosqich modernizasiya qilish, dispecherlik ishiga yangiliklarni joriy etishning samarali usul va vositalari ko‘rib chiqildi.

Baxtiyor Rahmonov birinchi navbatda anomal sovuq kunlarda qiyinchiliklar kuzatilgan 3 va 5-Issiqlik markazlaridagi holatni yaxshilash va poytaxtdagi barcha Issiqlik markazlarining sharoitni talab darajasiga keltirish muhimligiga e’tibor qaratdi.

Rossiyaning «Dorogobujkotlomash» loyiha-muhandislik markazi direktori Aleksandr Artamonov hamda RF va MDH bo‘yicha hududiy rahbari Rovshan Idrisxodjayev tomonidan poytaxtimizning issiqlik ta’minoti uchun mas’ullar bilan birgalikda Issiqlik markazlarini modernizasiya qilish bo‘yicha xulosa va takliflarni tayyorlash uchun o‘rganish ishlari boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!