Rossiya Tolibonga imtiyozli narxlarda g‘alla va neft yetkazib berishga rozi bo‘ldi

Rossiya Tolibonga imtiyozli narxlarda g‘alla va neft yetkazib berishga rozi bo‘ldi

Rossiya hukumati hozirda Tolibon nazorati ostida bo‘lgan (Rossiyada Tolibon harakati terrorchi deb tan olingan.) Afg‘onistondan tovarlar importiga boj to‘lovlarini bekor qildi. Shuningdek, mamlakatga don mahsulotlari va neft yetkazib berishda yordam berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

25-26 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” konferensiyasidagi nutqida diplomat Rossiya tomoni muzokaralar o‘tkazishga va Afg‘oniston hukumati so‘rovlarini ijobiy hal etishga tayyorligini ta’kidlagan.

“Biz mintaqaviy hamkorlarimiz bilan bu yo‘nalishda ishlashni davom ettiramiz”, dedi u.

Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, amalda Moskva qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda va “Afg‘on rasmiylari bilan iqtisodiy, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish”ga qat’iy bel bog‘lagan.

Tolibon vakili Mirvays Xotak Sankt-Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumida ishtirok etib, u Tolibon Rossiya bilan mineral va mevalarni erkin va bojsiz savdo qilish taklifini bildirgan. Bungacha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afg‘onistonga g‘alla yetkazib berishni prinsipial jihatdan ma’qullagan edi.

Tolibonning Moskvaga qilgan yana bir iltimosi TAPI (Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston) gaz quvurini qurishda yordam berish bo‘ldi. Bu iltimosga hozircha Rossiya tomoni munosabat bildirmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!