Rossiya TIV o‘rinbosari: "Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga qo‘shilishi xato bo‘ladi"

Rossiya TIV o‘rinbosari: "Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga qo‘shilishi xato bo‘ladi"

Hech kimning Rossiya Finlyandiya va Shvesiyaning Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga (NATO) qo‘shilishiga shunchaki toqat qilishi borasida xom xayoli bo‘lmasligi kerak. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.

“Bryussel, Vashington va boshqa NATO poytaxtlarida ham biz bunga shunchaki toqat qilishimiz borasida hech qanday xom xayol bo‘lmasligi kerak”, - dedi u jurnalistlarga bergan intervyusida.

Ryabkov bu mamlakatlar NATOga qo‘shilgan taqdirda harbiy keskinlik darajasi ortishi, oldindan aytiladigan narsalar kamayishini eslatdi.

“Bu galdagi uzoq muddatli oqibatlarga ega og‘ir xato. Xo‘sh, nima ham qilardik. Bugun tegishli mamlakatlarda siyosiy qarorlarni qabul qilayotganlarning darajasi shunaqa”, - deya qo‘shimcha qildi TIV rahbari o‘rinbosari.

15 may kuni Finlyandiya NATOga qo‘shilishga qaror qilganini rasman e’lon qildi. Uning ortidan Shvesiya ham shunday qarorga kelganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Shvesiya agar uning arizasi ma’qullansa, u o‘z hududida yadro quroli va harbiy bazalarni joylashtirishga qarshi chiqishini bildirgan.

Rossiya NATO ziddiyatni maqsad qilib olganini bir necha marta ta’kidlagan.

Kuni kecha Rossiya va Finlyandiya prezidenti Vladimir Putin va Sauli Niinistyoning telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tgan edi. Kreml xabariga ko‘ra, Putin finlyandiyalik hamkasbiga betaraflik siyosatidan voz kechish xato bo‘lishi mumkinligini aytgan, chunki Niinistyoning mamlakati uchun xavfsizligi uchun tahdid mavjud emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!