Rossiya TIV: NATO harakatlari Arktikada harbiy hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin

Rossiya TIV: NATO harakatlari Arktikada harbiy hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin

Shimoliy Atlantika alyansining harakatlari Arktika mintaqasida harbiy xarakterdagi voqealarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Nikolay Korchunov ma’lum qildi.

"Barcha Arktika davlatlari ishtirokida muloqotning yo‘qligi tendensiyasi tabiiy ravishda mojaro darajasini oshiradi va mintaqada harbiy hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin", dedi Korchunov TASS agentligiga bergan intervyusida.

Uning qayd etishicha, NATO hatto Rossiyaning Xitoy kabi Arktikadan tashqari davlatlar bilan iqtisodiy hamkorligidan alyansning Arktikadagi ishtirokini oshirish uchun bahona sifatida ishlatadi.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya va Xitoyning Arktika mintaqasida siyosati faollashganini hisobga olgan holda alyans Arktikadagi rolini kuchaytirishi kerakligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!