Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainani Lugansk viloyatidagi shifoxonani o‘qqa tutishda aybladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainani Lugansk viloyatidagi shifoxonani o‘qqa tutishda aybladi

Departamentning ma’lum qilishicha, otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi yaralangan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarini Lugansk viloyatidagi gospitalni o‘qqa tutishda va 14 kishining o‘limida aybladi.

Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, “Ukraina qurolli kuchlari AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS ko‘p uchiruvchi raketa tizimlari va NATO davlatlari tomonidan taqdim etilgan razvedka ma’lumotlari, jumladan, sun’iy yo‘ldosh orqali Novoaydardagi kasalxonaga hujum uyushtirgan”.

Departamentning ma’lum qilishicha, otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi yaralangan.

“AQSh va NATOning boshqa davlatlarining Kiyev tomonidan xalqaro gumanitar huquqning navbatdagi dahshatli oyoq osti qilinishiga munosabat bildirilmayotgani ularning mojaroga bevosita aloqadorligini yana bir bor tasdiqlaydi”, — deyiladi TIV xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!