Moskva Suriyaning yangi rasmiylari bilan harbiy bazalardan keyingi foydalanish bo‘yicha kelishuv tuzishga yaqin turibdi. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib yozmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, kelishuv Rossiyaga Xmeymim aviabazasi va Tartusdagi port ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Rossiyalik insayderlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi «Hayat Tahrir ash-Shom» guruhi bilan «norasmiy kelishuv»ga erishilgan, bu esa Rossiya kuchlarining Suriya bazalarida qolishiga imkon bergan deb hisoblaydi.
Biroq, manbaning ta’kidlashicha, yakuniy qaror mamlakatda davom etayotgan beqarorlik tufayli o‘zgarishi mumkin.
9 dekabr kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bazalarni saqlab qolish haqida gapirishga hali erta ekanligini ta’kidladi.
🗣«Har qanday holatda ham bularning barchasi Suriyada hokimiyat tepasida bo‘ladiganlar bilan muhokama qilinadigan mavzu. Hozir biz shunday o‘zgarishlar davrini, haddan tashqari beqarorlikni ko‘rmoqdamiz. Shu bois, bu vaqt talab etadi», - deya jurnalistlar savoliga javob berdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Манчестер Сити" бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоанинг янги аъзоси, Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида ўз фикрини билдирди.
АҚШ президенти Доналд Трамп Давосдаги Жаҳон иқтисодий форумидаги нутқида Қўшма Штатларни саноат ишлаб чиқариши, сунъий интеллект ва криптовалюталар каби соҳаларда етакчига айлантириш ниятида эканлигини маълум қилди.
Трампнинг Украина бўйича собиқ махсус вакили Волкер Куртнинг айтишича, Трампнинг Россияга нисбатан жиддийроқ санкциялар таҳдиди "Владимир Путинга вазият яхшиланмайди, аксинча ёмонлашади деган сигнал беради".