Rossiya shaharlariga yangi va qo‘shimcha parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Rossiya shaharlariga yangi va qo‘shimcha parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda

"Uzbekistan Airways" Toshkentdan Rossiyaning Omsk va Nijniy Novgorod shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi va “Sharqiy” xabni rivojlantiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Aviakompaniya bahor-yoz navigasiyasidan boshlab Toshkentdan Rossiyaning ikkita shahriga yangi yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlar sonini oshirmoqda.

Parvozlar jadvali:

“Toshkent-Omsk-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 26 martdan haftasiga bir marta, yakshanba kunlari;

“Toshkent-Nijniy Novgorod-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 28 martdan haftasiga ikki marta, seshanba va shanba kunlari.

Shuningdek, aviakompaniyaning “Sharqiy” xabni rivojlantirish loyihasi doirasida aviaqatnovlar soni Namangandan ham ko‘paytirilmoqda.

Parvozlar jadvali:

“Namangan-Orenburg-Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 27 martidan boshlab tiklanadi. Muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar haftada bir marta dushanba kunlari amalga oshiriladi;

“Namangan-Nijnevartovsk-Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha yangi yo‘nalish 31 martdan boshlab haftada bir marta, juma kunlari yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent va Namangandan parvoz qiluvchi barcha aviaqatnovlar aviakompaniyaning kam byudjetli yo‘lovchi aviatashuvchisi hisoblangan – "Uzbekistan Airways Express" brendi ostida amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!