Rossiya qo‘shinlari Qozog‘istondan qaytmoqda

Rossiya qo‘shinlari Qozog‘istondan qaytmoqda

Rossiya Aerokosmik kuchlari harbiy-transport aviasiyasining 19 ta samolyoti Olmaota shahri aerodromidan havoga ko‘tarildi. Bu haqda 16 yanvar, yakshanba kuni Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi xabar berdi.

«Ayni vaqtda Rossiya Aerokosmik kuchlari harbiy-transport aviasiyasining 19 ta samolyoti (18 ta Il-76 va bitta An-124 samolyoti) Qozog‘istondan Rossiya tinchlikparvar kuchlarini olib ketmoqda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, samolyot Havo-desant kuchlari bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi va texnikasini Moskva viloyatidagi Chkalovskiy aerodromiga yetkazadi.

Shu bilan birga, 13 yanvar kuni Rossiya harbiylari bo‘lgan ilk samolyotlar Qozog‘istondan jo‘nab ketdi. Ular Ivanovo-Severniy (Ivanovo viloyati) va Chkalovskiy aeroportlariga etib kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXSHTning Qozog‘istondagi missiyasini yakunlash sanasi ma’lum qilingandi. Tinchlikparvarlar ushbu mamlakatdagi alohida ahamiyatga ega 14 ta ob’ektni qo‘riqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!