Rossiya qurolli kuchlarining Dnepropetrovskka uyushtirgan hujumlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatida Rossiya aviazarbalari natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi va 13 kishi yaralandi.
Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganja o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlari bugun kechqurun mintaqaning oltita tumaniga dronlar, artilleriya va havo bombalari yordamida zarba bergan.
"Dneprda ta’lim muassasalari, ko‘p qavatli uylar, oziq-ovqat ombori va avtomobillar shikastlangan. Ikki kishi halok bo‘lgan. To‘qqiz kishi yaralangan", deb yozgan u.
Ganja shuningdek, Nikopol, Sinelnikovskiy, Krivoy Rog, Samarovskiy va Kamenskiy tumanlariga ham zarbalar berilganini, u yerda infratuzilma va xususiy uylar shikastlanganini va yana ikki kishi halok bo‘lganini ta’kidladi.
