Rossiya Qurolli kuchlari Tu-214R razvedka samolyotini Ukraina harbiy obektlarini ochish uchun sinovdan o‘tkazdi

Rossiya Qurolli kuchlari Tu-214R razvedka samolyotini Ukraina harbiy obektlarini ochish uchun sinovdan o‘tkazdi

Rossiya Qurolli kuchlari Tu-214R razvedka samolyotini Ukraina harbiy obektlarini ochish uchun sinovdan o‘tkazdi, deb yozadi @rian_ru xabardor manbaga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot ta’mirlanib, jangovar vazifani bajarishga kirishgan. Rossiyada radiotexnika va optik razvedka uchun ikkita bunday aviasiya tizimi mavjud.

“Ushbu havo kemasi turli toifadagi harbiy ob’ektlar, jumladan, radiolokasion stansiyalar, qo‘mondonlik punktlari, aloqa punktlari, harbiy texnika kolonnalari va boshqalarni koordinatalari va turlarini aniqlab, yerdagi qo‘mondonlik punktlariga tezkorlik bilan uzatishga qodir”, — deya tushuntirdi agentlik suhbatdoshi.

Ushbu samolyotlardan kamida bittasi Suriyadagi maxsus operasiyada ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!