Rossiya Oliy sudi "Yabloko" partiyasini Davlat dumasi saylovlaridan chetlashtirish bo‘yicha da’voni ko‘rib chiqmoqda
Da’vo arizasida "Rodina" partiyasi vakillari "Yabloko" "VKontakte", "Odnoklassniki", Instagram, Twitter va Telegram'da, shu jumladan bloklangan ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot olib borgani hamda materiallarni joylashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganini ta’kidlagan.
Shuningdek, partiya LGBT targ‘iboti, mualliflik huquqlarini va saylov ro‘yxatini tuzish qoidalarini buzishda ayblandi. Partiya a’zolaridan biriga esa Rossiyaning hududiy yaxlitligini buzishga chaqiriqlar aybi qo‘yilmoqda.
Majlis davomida "Rodina" vakili "Yabloko" tomonidan mualliflik huquqlari buzilganini isbotlovchi skrinshotlarni hammaga namoyish etishni so‘radi.
Partiya, jumladan, Viktoriya Bonyaning fotosuratini muallifning ruxsatisiz ishlatganlikda ayblandi.
