Rossiya Mudofaa vazirligi Tojikiston Qurolli kuchlariga razvedka mashinalarini topshirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Tojikiston Qurolli kuchlariga razvedka mashinalarini topshirdi

Aytilishicha, texnikalarni topshirish marosimi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan. «Rossiya va Tojikiston prezidentlari o‘rtasidagi mavjud kelishuvlarga muvofiq beg‘araz yordam berish doirasida Tojikiston tomoniga Rossiya harbiy mahsulotlarini yetkazib berish davom etmoqda. Rossiya Tojikiston Respublikasi Qurolli kuchlariga 12 ta ‘BRDM-2M’ rusumli zirhli razvedka va patrul mashinalarini topshirdi», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tadbirda Rossiya nomidan Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari general-mayor Yevgeniy Sindyaykin, Tojikiston tomondan esa Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Xisrav Bobozoda ishtirok etgan.

«Tojikistonning janubiy chegarasi yaqinida beqarorlik kuchayib borayotganida, biz birgalikda davlatlarimiz xavfsizligini ta’minlaymiz. Bu ishonchli va tasdiqlangan texnikadir. Bu Tojikiston Respublikasi Qurolli kuchlarining jangovar salohiyatini oshiradi va yana bir muhim kuchga aylanadi», — degan Sindyaykin o‘z nutqida.

https://ria.ru/20210911/mashina-1749635534.html


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!