Rossiya Lugansk viloyati chegaralarini o‘z nazoratiga olgan bo‘lishi mumkin — Amerika urushni o‘rganish instituti

Rossiya Lugansk viloyati chegaralarini o‘z nazoratiga olgan bo‘lishi mumkin — Amerika urushni o‘rganish instituti

Amerika urushni o‘rganish institutining navbatdagi hisobotida aytilishicha, Lisichansk qo‘lga kiritilgandan so‘ng, rus qo‘shinlari Lugansk viloyati chegaralariga yetib borishgan, garchi ular hali ham mintaqani to‘liq nazoratga olishmagan.

Ekspertlarining fikricha, rossiyalik harbiy xizmatchilarni 3 iyul kuni Belogorovkada ko‘rishgan, bu “Ukraina qo‘shinlari Lugansk viloyati chegarasidagi aholi punktlaridan Lisichanskning g‘arbiy qismiga olib chiqib ketilganidan dalolat beradi".

“3 iyul holatiga ko‘ra, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga qaramay, Rossiya kuchlari Lisichansk va Lugansk viloyatini tozalamagan bo‘lishi mumkin. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlari Lisichanskda u yerda qolgan qurshovdagi Ukraina qo‘shinlarini yengish uchun hamon jang olib bormoqda. Biroq, Ukrainaning chekinishi Rossiya armiyasining tozalash operasiyasini nisbatan tez yakunlashini anglatadi".

Urushni o‘rganish instituti Rossiya armiyasining keyingi harakatlarining istiqbollarini quyidagicha baholaydi: “Rossiya qo‘shinlari Severskka qarshi hujum boshlashi mumkin, ammo buning o‘rniga ular Baxmut yoki Slavyanskga jiddiyroq hujumlar uyushtirishi ehtimoli bor".

Amerika urushni o‘rganish institutining boshqa xulosalari:

— 3 iyul kuni Ukraina qo‘shinlari Melitopol aerodromidagi Rossiya o‘q-dorilar omboriga zarba berish uchun AQShdan olingan HIMARS raketa tizimlaridan foydalangan;

Rossiya armiyasi Xarkovning shimoli-g‘arbida hech qanday hududiy egallashni ta’minlay olmadi. Ukraina manbalariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Prudyankaga (Rossiya bilan chegaradagi kazak Lopan punktiga olib boruvchi magistral yo‘lda joylashgan qishloq) hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Xarkov va qo‘shni aholi punktlarining fuqarolik va harbiy infratuzilmasini o‘qqa tutish davom etmoqda;

— Janubda rus kuchlari Ukrainaning qarshi hujumiga qarshi turishga urinib, o‘zlarini himoya qilishda davom etmoqda. NASA sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Ukraina Bosh shtabining Ukraina qurolli kuchlarining oldinga siljishini to‘xtatish uchun mo‘ljallangan Ukraina pozisiyalariga tizimli raketa va artilleriya zarbalari haqidagi bayonotlarini tasdiqlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!